VALNEʼMA

VALNEʼMA, valiyneʼmat — Turkistonda mavjud boʻlgan unvonlardan biri. 18-a. ning birinchi yarmida mustaqil Shahrisabz hokimlarining ismidan keyin qoʻshib aytilgan (mas., Olimbek valneʼma).