VALLETTA

VALLETTA, La-Valletta — Malta davlati poytaxti, Oʻrta dengizdagi Malta o. ning shim.-sharkiy sohilida-gi qoyadan iborat yarim orolda joylash-gan. Iklimi Oʻrta dengizga xos, yozi issiq va KURUK> qishi iliq va seryomgʻir (eng past t-ra 4°; eng yuqori t-ra 36°). Yiliga 500 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 7,9 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Dengiz porti. Xalqaro aeroport bor. Kemasozlik, kema verfi, ozik-ovqat. toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Baliqovlanadi. Un-t (1762-y. dan), muzeylar, milliy kutubxona, teatr bor. 16—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shaharga 16-a. ning 60-y. larida asos solingan.