VALIN

VALIN, aminoizovalerian kislota — hayot uchun zarur, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalardan biri. Mol. m. 117,16; rangsiz kristall. Barcha oqsillartarkibida keng tarqalgan; oqsil molekulasidagi aminokislotalarning taxm. 3—10% ini tashkil qiladi. abromizovalerian kislotaga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin. Inson va hayvonlar oziq-ovqati tarkibiga kiruvchi zarur komponent. Odamga bir sutkada 400—800 mg Valin kerak.