VALIYEV Abdulhay Qosimovich

VALIYEV Abdulhay Qosimovich (1929.7.5, Toshkent) — faylasuf olim, Oʻzbekistan FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan ar-bobi (1981), falsafa fanlari d-ri (1967), prof. (1969). Oʻrta Osiyo davlat un-ti yuridik f-tini tugatgan (1952). Oʻzbekistan FA Falsafa va hukuq in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (19591968), boʻlim mudiri (1973-y. dan). 1968 — 73 y. larda Oʻzbek sovet ensiklopediyasi (OʻzSE) Bosh muharririning oʻrinbosari. Ilmiy ishlari Turkiston, xususan Uzbekiston ziyolilarining oʻtmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va maʼnaviyatiga qoʻshgan buyuk hissasiga bagʻishlangan. Ayni paytda Oʻzbekiston ijtimoiy hayotidagi tub oʻzgarishlar, yangi ijtimoiy tabaqalarning shakllanishini tadqiq qilmoqda. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).