VALIDOL

VALIDOL (Validolum) — markaziy nerv sistemasini tinchlantiradigan va tomirlarni moʻtadil refleks yoʻli bilan kengaytiradigan dori. Mentolnit izovalerian kislota mentil efiridagi 25— 30% li eritmasi. Stenokardiya, nevroz, isteriya va b. kasalliklarda 4 — 5 tomchisini bir chaqmoq qandga tomizib, til ostiga qoʻyiladi va to erib ketgunicha shimiladi. Tabletka va kapsula holida ham ishlatiladi. Spirtdagi 5—10% li eritmasi va 10% li surtmasi terining qichishini koldirish uchun surtiladi.