VALENTINIAN I

VALENTINIAN I (321-375) – Rim imperatori (364-y. dai). Rim imperiyasining gʻarbiy qismini oʻgʻli Gratsian b-n, sharqiy qismini ukasi Valent bilan birgalikda boshqargan. Alemannlar, kvadlar va b. qabilalarga qarshi urushlar olib borgan.