VALDAY QIRLARI

VALDAY QIRLARI, Valday — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi qirlar. Uz. 600 km. Valday qirlaridan Volga, Gʻarbiy Dvina, Lovat, Meta, Syas, Mologa va b. daryolar boshlanadi. Eng baland joyi — 343 m (Sna daryosining yuqori oqimida). Valday qirlari paleozoyning ohaktosh, slanes va mergellaridan tarkib topgan; bu tub jinslar shim.-gʻarbda ochilib qolgan va Ilmen payettekisligi ustidan tik koʻtarilib turadi. Valday qirlarining yer yuzasi oʻrqir, markaziy qismida koʻl va botqokliklar bor. Torfli botqoq, koʻl va igna bargli oʻrmonlar orasidagi kambar yerlarda dehqonchilik qilinadi. Turizm rivojlangan.