VALBJIX

VALBJIX — Polshaning jan.gʻarbidagi shahar, Valbjix voyevodaligida. Aholisi 141 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. i. tuguni. Quyi Si-leziya toshkoʻmir havzasining qad. markazi, 14-a. dan koks ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (ogʻir mashinasozlik, asosan konchilik jihozlari i. ch. ga ixtisoslashgan), kimyo, toʻqimachilik, chinni, oyna-shisha sanoati korxonalari bor. Yirik issiqlik elektr st-yasi kurilgan. Valbjix yaqinida Shchavno-Zdruy togʻ balneologik iqlim kurorti joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Yangi Dvur qalʼasi (14-a.) qoldiklari saqlangan. Konchilik muzeyi va b. bor.