VALAXIYA

VALAXIYA — Ruminiyaning jan. dagi tarixiy viloyat. Karpat togʻlari bilan Dunay daryosi oraligʻida joylashgan; Olt daryosi Valaxiyani oʻrtasidan ikkiga (Munteniya va Olteniya) ajratadi. Valaxiya 14-a. dan knyazlik, 16-a. dan Turkiya hukmronligi ostida. Adrianopol sulh shartnomasi (1829-y.)ga koʻra, amalda muxtoriyat huquqini olgan (1856-y. gacha Rossiya vasiyligida boʻlgan). 1859—61 y. larda Moldova bilan yagona davlat boʻlib birlashgan (1862-y. yanv. dan — Ruminiya knyazligi).