VALANSYEN

VALANSYEN, Valansyenn — Fransiya shim. dagi shahar, Shelda daryosi boʻyida, Belgiya chegarasi yaqinida. Aholisi shahar atrofi bilan 350 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). T. i. tuguni. Yiriktoshkoʻmir havzasi zonasida joylashgan. Metallurgiya, quvurprokat, toʻqimachilik, shakarqand, kimyo sanoati korxonalari bor. Qadimdan toʻr toʻqiladi.