VAKSINA VA ZARDOBLAR INSTITUTI

VAKSINA VA ZARDOBLAR INSTITUTI, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot in-ti (ToshVZITI) — «Oʻzfarmsa-noat» davlat aksionerlik konserniga qarashli muassasa. Dastlab 1918-y. da mikrobiologiya lab. sifatida tashkil etilgan; 1920 i. Oʻlka bakteriologiya in-tiga aylantirilgan, 1950-y. dan boshlab hoz. nomi bilan ataladi. In-t tarkibidan ajralib chiqqan (1929-y. dan) boʻlim va lab. lar negizida Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar i. t. in-ti, Samarqand parazitologiya in-ti. Respublika oʻlatga qarshi st-yasi, Respublika brutsellyoz-ga qarshi st-yasi, Toshkent davlat tibbiyot in-ti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tining mikrobiologiya kafedralari tashkil topdi. In-t yangi vaksinalar topish va mavjudlarini mukammallashtirish, davolash uchun ishlatiladigan zardoblar olishning yangi zamonaviy usullarini ishlab chiqish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, davolash va diagnostikasiga tegishli preparatlarni standartlash muammolari boʻyicha ish olib boradi. Oʻzbekiston aholisini emlashning millim dasturini amalga oshiradi. Respublikaga nihoyatda zarur boʻlgan vaksina va zardoblar (sil, koʻkyoʻtal, boʻgʻma, qoqshol, ich terlama, gepatit V kasalliklariga qarshi) i. ch. qaytadan tiklanmokda, tibbiyot va veterinariyaga oid yangi biopreparatlar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmokda. Keyingi yillarda in-t olimlari immunitetni korreksiyalovchi «Immunomodulin» preparati (prof. F. Yu. Gʻarib), sil kasalligiga qarshi immunitetni aniqlashda qoʻllaniladigan «Tuberkulin» (T. A. Oʻsarova) hamda oʻlkamizga xos allergenlar (S. A. Zax-vatkina) tayyorlash va amaliyotda qoʻllashga muvaffaq boʻldi. In-tda 60 ilmiy xodim (jumladan 4 fan d-ri va 12 fan nomzodi) bor (2001).