VAKUUMDA QUYISH

VAKUUMDA QUYISH — rangli metallar qotishmasi, asosan, nikel, titan va b. ning olovbardosh qotishmalaridan 40—0,3 Pa vakuumda quymalar olish. Bunday usulda olingan quymalarning zichligi va sifati yuqori boʻladi. Vakuumda quyish bilan shakldor quymalar olishning turli usullari qoʻllaniladi. Erigan metall ustida joylashgan metallni qolipga vakuumda soʻrish va uni atmosfera yoki yuqori bosim ostida kristallash, metallostatik bosimdan foydalanib vakuumda soʻrish (bunda qolip erigan metall ostida joylashadi), markazdan qochma vakuumda quyish shular jumlasidandir. Vakuumda quyish Vakuumda eritish bilan bir-ga olib boriladi.