VAKUUM MATERIALLARI

VAKUUM MATERIALLARI — vakuum apparatlari va asboblarida qoʻlla-niladigan materiallar. Asosiy guruhlari: konstruksion materiallar, gaz yutgichlar, vakuum moylari, surtmalar, loklar, sementlar, asalari mumi, ku-mush xlorid va b. Vakuum apparatlari va asboblari yasash, qismlarga ajra-tiladigan birikmalarni zichlash, kranlarni moylash, elektron lampalarga surkash va b. maqsadlarda ishla-tiladi. Vakuum texnikasi uchun kam gazlanadigan materiallar — shisha, kvars, chinni juda qadrli va koʻp ishlatiladi. Metallar (mas., temir, alyuminiy, nikel, platina, kumush va h. k.)ning esa vakuumda sirtlari adsorbsiyalanadi. Shuning uchun ular vakuumda yuqori t-ralarda qizdirib gazsizlantirib olinadi. Vakuum materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablar: ish t-rasida toʻyingan bugʻlar bosimi past, oson gazsizlanadigan, gaz oʻtkazuvchanligi kichik, yuqori t-ralarga yetarlicha chidamli boʻlishi kerak.