VAKUUM LAMPA

VAKUUM LAMPA — ichidagi havosi soʻrib olingan, ikki va undan koʻp elek-trodli (katod, anod va toʻrli) lampa; tashqi muhitdan gaz oʻtkazmaydigan keramika, shisha yoki metall qobiq bilan ajratilgan boʻladi. Mas., triod, oktod, pentod va elektron asboblar Vakuum lampa hisoblanadi. Vakuum lampa radiotexnika va hisoblash texnikasida keng qoʻllaniladi. Amaliy mikroelektronikaning rivojlanib borishi natijasida elektr-vakuum lampalarning qoʻllanish doirasi ancha chegaralanib qoldi. Vakuum lampa oʻrnida juda koʻp afzalliklarga ega boʻlgan integral mikrosxemalar va maxsus texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar keng ishlatiladi. Keyingi yillarda vakuum mikrosxemalar yaratish sohasi-da yirik ilmiy izlanishlar olib bo-rilmoqda (q. Vakuum-mikrosxemalar).