VAKOLAT — vakilning Vakolat beruvchiga fuqarolik hukuq va majburiyatlar vujudga keltirishi, oʻzgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yaʼni huqukdir. Vakolat ishonchnoma, qonun, sud karori yoki maʼmuriy akt (hujjat) asosida yuzaga keladi. Qoida ta-riqasida, vakil uz Vakolat ini Vakolat beruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, amalga oshirishga majbur. Vakil Vakolat beruvchi shaxe nomidan shaxsan oʻz foydasiga har xil bitimlar tuza olmaydi (tijorat vakilligi bundan mustasno). Vakil amaldagi konunchilik va Vakolat beruvchining topshiriklariga binoan ish koʻradi. Vakil Vakolat siz yoki Vakolat doirasidan chetga chiqib, harakat qilgan takdirda, bunday harakat Vakolat beruvchi uchun hech qanday huquqiy oqibat tugʻdirmaydi, ammo bu harakat Vakolat beruvchi tomonidan maʼqullansa, bu hol uning uchun muayyan huquqiy oqibat tugʻdiradi. Vakolatni vujudga keltiruvchi asoslarga koʻra, vakillik 2 turga boʻlinadi:
1) qonun boʻyicha vakillik; bunda vakillik va V. meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi; u muomalaga layoqatsiz shaxs (yosh bolalar, akli zaif va ruhiy kasal)larning manfaatlarini koʻzlab amalga oshiriladi; 2) shartnomaviy vakillik; bunda vakil va uning V. i vakil qiluvchining erki bilan yuzaga keladi.