VAKIL OTA

VAKIL OTA — musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan vakil. Vakil ota kuyovga va nikoh qiluvchi (oʻquvchi) domlaga qizning otasi oʻrnida kafillik bergan. Nikohda kuyov tomonning kelin maxriga beradigan mol-mulki, kuyov va kelinning oʻzaro majburiyatlari Vakil ota huzurida eʼlon qilingan. Mabodo er-xotin ajraladigan boʻlsalar, mahrni ajrim qilishda Vakil ota qozi huzurida yagona guvoh boʻla olgan. Vakil ota tayinlash hozir ham rasm boʻlib kelmoqda.