VAYYAN-KUTYURYE

VAYYAN-KUTYURYE Pol (1892.8.1 – Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvchisi. 1-jahon urushida qatnashgan. «Koʻrlar bazmi» (1927) hikoyalar toʻplami va «Iyul ota» (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931-y. da Oʻzbekiston va Tojikistonda boʻlgan. «Temur yurtida» umumiy nom ostida ocherklar toʻplamini nashr ettirgan (1932). Bunda Oʻzbekistan va Tojikiston xalklari, ularning urfodatlari, marosimlari, oʻzbek adabiyoti haqida maʼlumotlar beriladi. «Toshkentda shoirlar kechasi» nomli ocherkida oʻzbek ijodkorlari Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon va b. bilan muloqotda boʻlganligi haqida yozadi.