VAYSXON

VAYSXON, Uvaysxon, Sulton Uvays oʻgʻlon (7—1428) — Moʻgʻuliston xoni (1418-21 va 1424-25). Naqshi Jahon (1415—18)ni oʻldirib taxtni egallagan. Vaysxon Amir Temurning sarkardalaridan Turkiston hokimi Shayx Nuriddin bilan ittifoq boʻlib amakisi, Moʻgʻuliston xoni Shermuhammadxon (1421—24) bilan taxt uchun oʻzaro kurash olib borgan. Ili daryosi boʻylaridagi buddaviy qalmoqlar xoni Esexu (1415 — 25) bilan muntazam (61-marta) urushlar qilgan. «Tarixi Rashidiy»da qayd qilinishicha, Vaysxon oʻta taqvodorligi, oliyjanobligi, jasurligi bilan boshqalardan ajralib turgan.