VAYL Mark Yakovlevich

VAYL Mark Yakovlevich (1952. 25. 1, Toshkent) — rej., teatrshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent davlat sanʼat intining teatrshunoslik (1974) va rej. lik (1983) boʻlimini tugatgan. «Ilhom» tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976-y. dan). Mazkur teatr qoshida 1995-y. dramatik sanʼat maktabini ochgan. Vayl sahnalashtirgan spektakllari gʻoyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, oʻtkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: «Revizor», «Oppoq, oppoq qora lay-lak», «Alvido hayot» (Bolgariya teatrida), «Meshchanlar toʻyi» (Yugoslaviya teatrida), «Molyer», «Vavilon mehmonxonasi» (AQSH teatrlarida) va b.