VAZOV Ivan Minchov

VAZOV Ivan Minchov (1850. 9. 7, Sopot – 1921. 22. 9, Sofiya) — bolgar yozuvchisi, jamoat arbobi. Vazovning asosiy nazmiy asarlaridan biri «Rad etilganlar epopeyasi» (1881—84) vatanparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan tarixiy mavzudagi liro-epik poemalar turkumidan iborat. «Zulm ostida» (1889—90) romani milliy ozodlik kurashi toʻgʻrisida. Koʻpgina Yevropa tillariga tarjima qilingan bu roman jahon adabiyotining sara asarlaridandir. 90-y. lar boshida Vazov ijodidagi tarixiy-qahramonlik mavzusi ijtimoiy fosh etuvchi mavzu bilan almashadi («Yangi yer»,1896; «Kazalar malikasi» romanlari, 1903). U oʻrta asrdagi Bolgariya hayotidan tarixiy dramalar, shuningdek «Shuhratga nomzodlar» (1901), «Yogʻliq joy axtaruvchilar» (1903) komediyalarini yozdi.