VAZELIN

VAZELIN (frans. vaseline, nem. wasser — suv va yun. elaion — zaytun moyi) — mineral moy b-n qattiq uglevodorodlar (parafin, serezin, petrolatum) aralashmasi; hidsiz, muloyim, oq yoki sariq modda, taʼmi yoʻq. 37—50° da suyuqlanadi; suvda erimaydi. Qoʻllash maqsadiga muvofiq turli tarkibda tayyorlanadi. Vazelin kosmetika va tibbiyotda surtma (maz) tayyorlashda qoʻllaniladi, yalligʻlanishga qarshi taʼsir etadi va terini har xil zararli taʼsirlardan saqlaydi; texnik maqsadlarda (qogʻoz, mato va sh. k. ga singdirish uchun), shuningdek elektrotexnika va lab. amaliyotida, texnikada antifraksion va himoya qiluvchi surkov moyi sifatida ishlatiladi. Vazelin moyi (parafin moyi) — neft distillatini tozalab olina-digan uglevodorodlar aralashmasi, tibbiyotda surgi sifatida ishlatiladi (surunkali qabziyatda kuniga 1—2 osh qoshiqsan ichiladi) va surtmaga qoʻshiladi.