VAZAMAR

VAZAMAR (3-a. 1-yarmi) — soʻnggi siyovushiylar sulolasidan boʻlgan xorazmshoh. Arsamux I ning vorislaridan. Vazamar davrida Xorazmda kumush tangalar zarb qilingan. Tangalarda shoh uzun soqolli, burgut koʻrinishidagi temir qalpoq kiygan holda tasvirlangan. Tangalardagi siyovushiylarning S shaklidagi tamgʻasi Xorazmning kushonlarpyaya siyosiy mustaqil davlat boʻlib ajralib chiqqanidan dalolat bergan.