VADUS

VADUS — Lixtenshteyn knyazligining poytaxti. Reyn daryosining oʻng sohilida, Retikon togʻi etagida joylashgan. Axoliyey 4,8 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Vadus mamlakatning savdo-moliya markazi. Shaharda mayda sanoat korxonasi koʻp; sanoat mahsulotiningdeyarli hammasi chetga chikariladi. Vadus va uning atrofida aniq mashinasozlik, asbobsozlik, samolyotsozlik, raketasozlik, sanoati uchun detallar tayyorlovchi korxonalar, Yevropadagi eng katta «Neolitsa» sunʼiy (chinni) tish f-kasi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Vadusda yirik bank, kollej, muzeylar, pochta markalari bozori, meʼmoriy yodgorliklardan 9-a. da qurilgan kalʼa bor. Turizm rivojlangan. Shahar 1342-y. da vujudga kelgan.