VAGRANKA

VAGRANKA — shaxtali pech. Quyish sexlarida choʻyan (baʼzan, rangli metall) eritiladi. Vagranka silindrik shaklda bulib, ichki devori utga chidamli shamot gʻishtdan 150—250 mm qalinlikda teriladi. Pechning sirtqi yuzasi qalinligi 6 — 10 mm pulat list bilan qoplanadi. Vagrankada asosan eritish koksi yoqiladi. Vagrankaning ish unumdorligi 1—60 t/soat. Baʼzan, havoni isitish uchun Vagranka rekuperator (pechdan chiqib ketayotgan gazlar issikligidan foydalaniladigan qurilma) bilan jihozlanadi.