VAGNER-YAUREGG

VAGNER-YAUREGG (Wagner-Jauregg) Yulius (1857—1940) — Avstriya psixiatri. Avjlanib boradigan falajni davolashda piroterapiyani asoslab bergan (1918) va amaliyotda tatbiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1927).