VAGNER Vladimir Aleksandrovich [1849.17 (29).3 — 1934.8.3] – rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri. Peterburg, keyinchalik Leningrad un-ti prof. (1906 — 31). Vagner tadqiqotning obyektiv usulini genetik psixologiyaga birinchi marta joriy qilib, hayvonotning ruhiy qobiliyatlari evolyutsiyasini koʻrsatib bergan. Hayvonlarning instinktli faoliyatiga doir asarlar yozgan.