SUSIMA OQIMI

SUSIMA OQIMI — Yapon dengizidagi iliq yuza oqim, Kurosio oqimining gʻarbiy tarmogʻi. Yaponiya qirgʻoqlari boʻylab, jan. dan shim. tomon harakatlanadi. Susima oqimi taʼsirida Yapon dengizining sharqiy qismi suv t-rasi (gʻarbiy qismiga nisbatan) qishda 5 — 6° ga, yezda 1—3° ga koʻtariladi. Tezligi soatiga 1 km.