TABASKO

TABASKO — Meksikaning jan. sharkiy qismidagi shtat, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 24,7 ming km2. Aholisi 1,89 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — VilyaErmosa. Relyefi tekislik, hududining katta qismi botqoqlashgan. Iqlimi tropik, issiq (oʻrtacha oylik tralar 23—27°) va sernam (yillik yogʻin 2000—5000 m). Suv toshqinlari xoʻjaligiga katta zarar keltiradi. Iqtisodiyoti neftgaz sanoati va plantatsiya xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Sholi, kakao ekiladi, mevachilik rivojlangan. Tabasko va shosse yoʻllari Tabaskoni mamlakatning boshqa hududlari bilan bogʻlaydi.