TABASARANLAR

TABASARANLAR — Dogʻistondagi xalq (78,2 ming kishi), RFda jami 93,6 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Umumiy soni 98 ming kishi. Tabasaran tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. S. dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik (gilam toʻqish, yogʻoch va tosh oʻymakorlik rivojlangan) bilan shugʻullanadi.