TABARIY

TABARIY, Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy [839, Tabariston (Eron)ning Amul sh. — 923.16.2, Bagʻdod] — tarixchi, faqih va filolog. Mahalliy zodagon oilasida tugʻilgan. Amul sh. da dastlabki taʼlimni olgan. Rayda mashhur muhaddis va faqihlar qoʻlida uz bilimini oshirgan. Soʻngra Bagʻdod, Basra, Kufaga borib, zamonasining mashhur ulamolariga shogird tushgan. 867-y. Misrga borganida yetuk olim sifatida eʼtirof etilgan. U Bagʻdodga qaytgach, «alJaririyya» deb atalgan oʻzining fiqh (huquq) maktabiga asos solgan. Uning tarafdorlari Ibn Xanbal qarashlarini tanqid qilishgan. Ahmad bin Komil Abu Bakr, Abdulaziz bin Muhammad atTabariy, Abdulloh bin Ahmad al-Fargʻoniy uning yetuk shogirdlari edi.

Tabariy fiqh va tarix ilmlarini mukammal egallab, bu ilmlar va Qurʼon, hadislar boʻyicha arab tilida 20 dan ortiq asarlar yozgan. «Kitob ixtilof alfuqaho» («Faqihlarning ixtiloflari haqida kitob») asari turli maktablarga mansub faqihlar dunyoqarashining taxliliga bagʻishlangan. surʼoni karim tafsiriga bagʻishlangan «Tafsir alQurʼon» (20 jild, 30 jild qilib nashr etilgan) asari uni musulmon olamiga tanitgan. «Tarix arrusul valmuluk» («Paygʻambarlar, podshoxlar va xalifalar tarixi», «Tarixi Tabariy» nomi bilan mashhur) asarida kad. Eron podshoxlari, Rim va Vizantiya imperatorlari, xalifalik hududidagi yurtlar (xususan, Xuroson va Movarounnahr)ning 915-y. gacha boʻlgan tarixi oʻz ifodasini topgan.

Asarda Turkiston xalklarining arab bosqinchilariga qarshi kurashi va qoʻzgʻolonlar (Buxoro, Vardona, Samarqand va Fargʻonadagi janglar; Abu Muslim harakati, Muqanna qoʻzgʻoloni, Rofe ibn Lays qoʻzgʻoloni va h. k.) ham koʻrsatilgan. «Tarixi Tabariy» asari bizgacha toʻliq yetib kelmagan. Uning arab tilidagi mavjud matni M. Ya. de Guye (1836—1909) tarafidan Leydenda 15 jild qilib nashr etilgan (1879—1901). Bu asarni Balʼamiy qayta ishlab va yangi maʼlumotlar bilan boyitib, fors tiliga tarjima qilgan. Balʼamiy asari («Tabariy — Balʼamiy tarixi» nomi bilan ham mashhur)ni T. Zotenberg fransuz tiliga (1874), Muhammad Yusuf Bayoniy oʻzbek tiliga (1882) tarjima qilishgan.

«Tarixi Tabariy» V. I. Belyayev tomonidan arabchadan rus tiliga qisqartirilgan qolda tarjima qilingan va Toshkentda nashr etilgan (1987). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik inti fondlarida bu asarning Muhammad Sodiq Koshgʻariy (18-a.) tomonidan uygur, Bayoniy (19-a.) tomonidan oʻzbek tiliga qilingan tarjimasi saklanadi.

As: Istoriya atTabari, Izbrannыye otrыvki (Perevod s arabskogo V. I. Belyayeva), T., 1987.

Ad.: Materialы po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.

Qahramon Rajabov.