TABAQA

TABAQA — muayyan xalq ichida ijtimoiy mavqeiga qarab boʻlinadigan guruh. Tabaqa urfodat yoki qonunda mustahkamlangan, avloddan avlodga oʻtib keladigan xuquq va burchlarga ega boʻlgan. Tabaqalar oʻtmishda anʼanaviy zodagonlik va aslzodalik tushunchalari mavjud boʻlgan joylarda vujudga kelgan.

Sharq mamlakatlarida jamiyatni turli Tabaqa larga boʻlinganligi tarixiy manbalarda qayd etib oʻtilgan. Mac, qad. Hindistonda varnalar, kastalar mavjud boʻlgan. Musulmon mamlakatarida harbiylar, ahli qalam, ulamolar, qozilar, raiyat va b. alohida Tabaqaga ajralgan. Markaziy Osiyoda jamiyatni Tabaqaga ajratishni shartli ravishda 2 ga boʻlish mumkin. Birinchisi, sinfiy Tabaqaga ajratish, uning tarixi ibtidoiy jamiyaning yemirilishi va sinfiy munosabatlarning shakllanishi, dinning kelib chiqishi bilan bogʻliq. Mac, qabila boshliqlari, kohinlar jamiyatning imtiyozli Tabaqa sini tashkil etishgan (q. Tabu). Ikkinchisi, ijtimoiy Tabaqaga ajratish Tabaqaning bu shakli ham ilk yozma manbalarga koʻra (Avesto) Markaziy Osiyoda qad. tarixga ega. Arablar istilosi, islom dini tarqalganidan soʻng, yanada keng Tapkalgan. Sayyid, xoʻja, toʻra, mir, bek va b. jamiyatning oqsuyaklar Tabaqa sini tashkil etgan boʻlsa, oddiy fuqaro — qorachalar deb nomlangan. Mas., sayyidlar paygʻambar avlodlari sanalib, ular musulmon jamiyatida imtiyozli ijtimoiy Tabaqani tashkil qilganlar va dindorlar orasida katta obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishgan. Xalq sayyidlarni baʼzan avliyolar qatoriga qoʻygan. Xoʻjalar islomda oqsuyaklar Tabaqasi sifatida sayyidlardan keyin turib, baʼzi musulmon mamlakatlarida hozir ham ularning imtiyozlari saklanib qolgan. Oʻtmishda xoʻjalar bilan oddiy fuqarolar (qoracha) oʻrtasida quda-andachilik munosabatlari cheklangan. Ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan jamiyatda ijtimoiy tafovut yoʻqolib boradi. Oʻrta Osiyoda 20-a. ga qadar turli ijtimoiy Tabaqalar mavjud boʻlgan.

Tabaqa chilikning yuksak namunasi Fransiyada boʻlib, u yerda 14—15-a. lardan boshlab jamiyat T. larga boʻlingan. Yuqori Tabaqa aristokratiya va mayda dvoryanlar (jentri)dan iborat edi. Ruxrniylar boshqa Tabaqaga mansub boʻlib, ular bir oz quyiroqsa tursalarda, maxsus imtiyozga ega edilar. Oddiy xalqni esa keyinchalik «uchinchi Tabaqa» deb atay boshladilar. Tabaqa lanish boshka davlatlarda turlicha shakllarda koʻrinadi.

Sayfullo Tursunov.