SISTERNA

SISTERNA (lot. — suv havzasi, hovuz) — suyukliklar, suyultirilgan gazlar, toʻkiladigan mahsulotlar (neft mahsulotlari, sut, un, sement va b.) ni saqlash yoki tashish uchun moʻljallangan sunʼiy berk idish. Beton, temir-beton, poʻlat, alyuminiy qotishmalari va b. materiallardan yasaladi. Sisternaning muqim (statsionar), Kuchma, yer ustiga oʻrnatiladigan yoki yer tagiga koʻmiladigan turlari bor. S. unda saklanayotgan yoki tashilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilib turish uchun moʻljallangan asboblar, mahsulotlarni kuyish yoki boʻshatish qurilmalari bilan jihozlanadi. Kuchma Sisterna avtomobillar, traktorlar, t. y. vagonlarida olib yurilishi mumkin.