SIRKONIY

SIRKONIY (lot. Zirconium) , Zr – Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 40, at. m. 91,22. Tabiiy Sirkoniyning 5 ta izotopi bor; 90Zr (51,46%), «Zr (11,23%), 92Zr (17,11%), 94Zr(17,40%) va %Zr (2,80%). S. ning sunʼiy yoʻl bilan 2 ta radioaktiv izotopi 93Zr (T1/2=1,1106-y.) va 95Zr (T|/2=65 kun) olingan; ular radioaktiv indikatorlar sifatida ishlatiladi.

Sirkoniyni M. Klaprot 1789-y. da kashf qilgan, u sirkon mineralini analiz kilib, yangi element oksidini ajratib olgan (sirkon soʻzi arabcha Zerk — qimmatbaho tosh yoki forscha Zargun — oltin tosh demakdir). Sirkoniy ziynat tosh sifatida qadimdan maʼlum. Yer poʻstining massa jihatidan 2102% ini tashkil qiladi. Sirkoniyning sirkon (ZrSiO4) va baddeleit (ZrO2) nomli minerallari maʼlum.

Sirkoniy kumush kabi yaltiroq, qattiq, bogʻlanuvchan, plastik metall. Sirkoniyning a – va (3-modifikatsiyalari maʼlum. os Sirkoniy geksagonal panjarada, () – S. hajmiy markazlashgan kub panjarada kristallanadi. Sirkoniyning zichligi 6,46 g/sm3 (20° da), suyukdanish t-rasi 1852°, qaynash t-rasi 3580—3700°.

Sirkoniy kimyoviy xossasi jihatidan gafniytya oʻxshash. Koʻpchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Elektr va issiqlikni yomon oʻtkazadi. Sirkoniyning gidridi kulrang tusli moʻrt metallsi-mon kukun. Sirkoniy ftorid kislota NGʻ bilan nitrat kislota HNO3 aralashmasida eriydi. Sirkoniy yuqori t-rada kimyoviy ji-hatdan juda faol. Bu sharoitda u galogenlar, kislorod, oltingugurt, uglerod va azot bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Sirkoniy oʻz birikmalarida 4 valentli. Sirkoniy kislorod atmosferasida qizdirilsa, oq tusli sirkoniy (GU)-oksid ZrO2 hosil boʻladi. Bu modda suvda ham, suyultirilgan kislota va ish-qorlarda ham erimaydi, konsentrlangan sulfat kislota bilan kizdirilganida juda suyet (NGʻ da tez) eriydi.

ZrO2 ga muvofiq keladigan sirkoniy (G/)-gidroksid (ZrOH)4 sirkoniy xlorid ZrCl4 ga ishqor taʼsir ettirilganda hosil boʻladi. (ZrOH)4 suvda oz eriydi, kucheiz (amfoter) asos. Sirkoniy (1U)oksidning Me2Zr03, Me4ZrO4 tarkibli tuzlari ZrO2 ni ishqorlar bilan qizdirish natijasida olinadi (bu yerda Me—1 valentli metall). Sirkoniy tuzlari eritmada gidrolizlanib, sirkoniya ionini ZrO2+ hosil qiladi. Sirkoniy galogenidlarini hosil qilish uchun ZrO2 ni kumir bilan birga galogen atmosferasida qizdiriladi. ZrCl4 koʻpchilik metallar (hamda vodorod) ning galogenidlari bilan kompleks tuzlar hosil kila oladi.

Sirkon va baddeleit minerali Sirkoniy olishda xom ashyo hisoblanadi. Sof Sirkoniy atom texnikasida neytronlarni qaytaradigan konstruksion material sifatida ishlatiladi.