SINDAO

SINDAO — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Shandun provinsiyasida. Aholisi 6,99 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Sariq dengiz boʻyidagi yirik dengiz porti. Mamlakatning toʻqimachilik (ip va jun gazlama, zigʻir, trikotaj) sanoati markazi. Transport va b. mashinasozlik, radiotexnika, metallurgiya, kimyo, elektronika, rezina, oziq-ov-qat, koʻn-teri, sement sanoati korxonalari mavjud. Baliq va b. dengiz hayvonlari ovlanadi. Okeanografiya i. t. instituta, dengiz muzeyi bor.