SIGLER Karl Valdemar

SIGLER Karl Valdemar (1898. 26.11, Xelze – 1973.11.8) – nemis kimyogari. Marburg un-tini tugatgan (1920). Geydelberg un-ti prof. (1927 — 36), Galladagi Kimyo in-ti direktori (1936 — 43). Myulxeymdagi koʻmirni oʻrganish boʻyicha Kayzer Vilgelm in-ti (1943—69), ayni vaqtda 1947-y. dan Axendagi Oliy texnika maktabi direktori. Asosiy ilmiy ishlari organik kimyo va yuqori molekulyar polimerlar kimyosiga oid. Dinitrillarni siklizatsiyalab makrotsiklik ketonlar olish usulini topgan (1933) (Sigler reaksiyasi). Litiy-alkillar bilan nitrillarning oʻzaro taʼsiri natijasida iminonitrillar hosil boʻlishini kashf etgan (1934). Kyoni-ga tuzi — glutamin aldegid hosilalaridan azulenlar olish usulini ishlab chiqqan (1955). Nobel mukofoti laureati (1963; J. Natta b-n hamkorlikda).