SERETELI Zurab Konstantinovich

SERETELI Zurab Konstantinovich (1934.4.1, Sulukidze sh.) — rassom, haykaltarosh, Rossiya BA akad. (1992), 1997-y. dan prezidenta. Gruziyada xizmat koʻrsatgan rassom (1967), Xalq rassomi (1980), Mehnat Qahramoni (1990). Gruziya BA da taʼlim olgan (1952—59). Seretelining yorqin bezakdor monumental asarlari (namoyon, mozaika, vitraj, harakatlanuvchi bezak haykallari) meʼmoriy hamda atrof muhit bilan uygʻunligi, yorqin rangi, shaklga boyligi, xom ashyosi bilan ajralib turadi. Pitsunda (1967), Adler (1973) kabi kurort majmualari, Moskvadagi «Izmaylovo» mehmonxona majmuasi (1980), «Abadiy doʻstlik» monumenti (hamkorlikda, 1983), «Petr I haykali» (1997), Poklonnaya tepaligi (1995) hamda Manej maydoni (1996) dagi va b. memorial majmualarni bezashda ishtirok etdi. Sereteli kitob va jurnal illyustratsiyasi, teatr rassomligi sohahsida ham ishladi.