SARLINO

SARLINO (Zarlino) Jozeffo (1517.22.4 – Venetsiya – 1590.14.2) italyan kompozitori, musiqa nazariyotchisi. SanMarko sobori kapellasi rahbari (1565-y. dan). Venetsiya akademiyasining aʼzosi. Diniy messa, motet, dunyoviy mazmundagi madrigallar muallifi. «Garmoniya qoidalari» (1558), «Garmoniya dalillari» (1571) va b. asarlarida kontrapunkt (qatʼiy uslub qoidalari), musika shakli (imitatsiya, fuga va b.) hamda garmoniya (akkord, major va minor nazariyasi) taʼlimotlariga asos solgan.