SANDER Fridrix Arturovich

SANDER Fridrix Arturovich (1887.11.78, Riga – 1933.28.3, Kislovodsk) — olim va ixtirochi, raketa texnikasi yaratuvchilaridan biri. Riga politexnika intini tugatgach (1914), Riga va Moskvadagi sanoat korxonalarida ishlagan (1920-y. gacha). Reaktiv harakat muammolari bilan 1908-y. dan shugʻullana boshlagan. 1921-y. da sayyoralararo kema-aeroplan loyihasini eʼlon kilgan, 1924-y. da samolyot va raketani oʻz ichiga olgan kosmik uchish apparata (KUA) ni yaratgan; parvoz paytida qoʻshimcha yonilgʻi sifatida KUAning ish bajarib boʻlgan qismlarini yokish gʻoyasini ilgari surgan. 1930—31 y. da tortish kuchi 1,42 N ga teng boʻlgan, siqilgan havo va benzindan iborat yonilgida ishlaydigan OR-1 reaktiv dvigatelini, 1931—32 y. larda suyuq yonilgʻida ishlaydigan OR-2 raketa dvigateli oʻrnatilgan dvigatel kurilmasini yasadi va sinab koʻrdi. Sander «10 dvigateli» va «GIRD-X» raketasi loyihasini ishlab chikdi. Oyning teskari tomonidagi krater S. nomi bilan atalgan.