TOʻRA MURODTOʻRA MINORASI

TOʻRA MURODTOʻRA MINORASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1888). Ichan qalʼa tarkibidagi Toʻra Murodtoʻra masjidi (saklanmagan) minorasi. Minora bal. 9 m, diametri 3,2 m; unga shim. dan kiriladi. Tanasi yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Yuqori qafasasi 4 ravoqli, 2 qatorli gʻishtin sharafa bn tugallangan. Pishiq gʻisht (27×4 — 28×5 sm) qatorlari oraligʻiga moviy rangli sirlangan koshin bandak uslubida oʻrnatilgan. Ichidagi zina (eni 60 sm) orqali yuqoriga chiqiladi. Xivaning 2500-yilligi munosabati bn Toʻra Murodtoʻra Minorasi taʼmirlangan.