TEJON

TEJON, Techjon — Jan. Koreyaning markaziy qismidagi shahar. ChxunchxonNamdo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Qogʻoz va shoyi sanoatining yirik markazi. Ip gazlama, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati korxonalari, gugurt fkasi bor. T. yaqinidan volfram rudalari qazib olinadi.