TUSH

TUSH (nem. Tushe) — vaqt oʻtishi bilan rangi oʻzgarmaydigan qora boʻyoq. Suv qoʻshib suyultirilsa, kulrang tus oladi. Yogʻoch, oʻsimlik moylari, neft va b. qurumidan tayyorlanadi. Boʻyoq hosil qiluvchi toshkoʻmir moddalaridan tayyorlanadigan qizil, yashil, koʻk va b. rangli Tush ham boʻladi. Sharq mamlakatlarida, ayniqsa, Xitoy, Koreya, Yaponiyada qadimdan foydalanilgan. 15—17-a. larda Yevropaga tarqalgan. Tush chizmachilikda, grafika asarlarini boʻyashda, xat yozishda ishlatiladi.