TURONBANK

«TURONBANK» — Oʻzbekistondagi yirik aksiyadorliktijorat banki. 1990-y. 6 okt. da aksiyadorliktijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etilgan. 1993-y. dan ochiq aksiyadorlik jamiyati. Boshqaruvi Toshkent sh. da, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari, kichik va oʻrta biznes subyektlari, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga, shuningdek, xalq xoʻjaligining turli tarmoq korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermer xoʻjaliklari va aholiga bank xizmatlari koʻrsatadi. «Turonbank» keng tarmokli universal banklardan biri hisoblanadi. Toshkent sh. va viloyatlarda bankning 16 ta filiaHSH, M li, 37 ta mini banklari mavjud. «Turonbank» faoliyati davomida Jizzax viloyatida Arnasoy, Namangan viloyatida Kenkulsoy, Rezaksoy suv omborlari qurilishini, Chodak dahasidagi yerlarni oʻzlashtirish, Buxoro viloyati Dengizkoʻl, Xorazm viloyatida koʻl kollektorlari rekonstruksiyamni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tuman idagi Boʻston kanali qurilishini moliyalashtirdi. Turonbankning jami aktivlari 23,6 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 3,4 mlrd. soʻm, zaxira kapitali 974 mln. soʻmni, balans foydasi 0,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi; joriy likvidlik koeffitsiyenta 0,599, kapitalning yetarlilik koeffitsiyenta 0,155 (2004-y., 1 yanv.) Doniyor Orifjonov.