TURON

«TURON» — adabiy-siyosiy gazeta, 1917-y. da Abdulla Avlonip muharrirligi ostida Toshkent sh. da haftasiga 3-marta chop etilgan. Mirmuhsin Shermuhamedov Buxoro ulamolarini tanqid qilib gaz. ning 2sonida yozgan maqolasidan soʻng, 1917-y. iyulida nashr ishlari toʻxtatilgan. Gaz. 1917-y. 14 sent. dan Nizomiddin Isomiddin oʻgʻli va Muhammad Amin Afandizodalarning muharrirligida yana bir qancha muddat nashr etilgan. «Turon» sahifalarida Nizomiddinqori, Muhammad Amin Afandizoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Shokirjon Rahimiylarning makrlalari berib borilgan. Gaz. ning 15 soni Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saklanadi.