TURK

TURK, turk zarb — 1) oʻtmish musiqa risolalarida muayyan ritm tuzilmalari, doyra usullari (mas., Turkiy asli jadid, Turkii asli qadim, Turkii xafif, Turkii sariʼ);

2) 3 qismdan iborat xalq kuyi. Uning 1qismi Chapandoz (Nasrulloyi), 2si Ufar, 3qismi Qashqarcha usulida ijro etiladi. Navoiyning «Mezon ulavzon» asarida koʻrsatilishicha, 15-a. larda mashxur xalq qoʻshiklaridan biri turkii deb atalgan;

3) mashhur avjlardan biri, Avji Turk, T. ii avj deb ham yuritiladi. Domla Halim Ibodov xabariga binoan, Turk avjini bundan 300-y. muqaddam yashagan Navruz Ali ismli hofiz yaratgan. Turk Shashmaqom ashula yullarida, yirik shakldagi xalq kuy va ashulalarida koʻplab uchraydi. Turk avji namud vazifasini bajarib, musiqa asarini shaklan kengaytirish va mazmunan boyitishda muhim rol oʻynaydi. Turkning kuy tuzilishi murakkab, u yoqimli, oʻta lirik kayfiyat baxsh etadi. Shashmaqomda Buzruk maqomining Nasrulloyi, Savti Sarvinoz (5 qismli) shoʻbalarida, Navoning Savti Navo (5 qismli), Segohning Navroʻzi Xoro, Moʻgʻulchai Segoh shoʻbalari va Figʻon1—2, Nimchoʻponiy qismlari va b. da uchraydi. Ularning tarkibida Turk kengaytirilgan yoki qisqa shakllarda keladi, turli doyra usullariga tushirilganda turlicha tusga kiradi. Turk foydalanishga juda qulay boʻlib, koʻpincha kuy ladining VII pogʻonasidan ulanadi. Bastakor va kompozitorlar asarlarida undan keng foydalanilgan: Karimqulbek («Karimqulbegi»), Hoji Abdulaziz («Guluzorim»), Rizqi Rajabiy («Ovoraman», «Yashnasun»), K. Jabborov («Etmasmidi») va b. Ad.:Uspenskiy V. A., Nauchnoye naslediye. Vospominaniya sovremennikov. Pisma, Turk, 1980.