TUPAK AMARU

TUPAK AMARU (Tupac Amaru) — Peruda ispan bosqinchilariga qarshi kurash rahbarlari:

1) Tupak Amaru (1544—72) — inklar davlatini tiklash maqsadida koʻtarilgan indeyslar kurashiga boshchilik qilgan;

2) Perudagi indeyslarning yirik qoʻzgʻoloni (1780—83) rahbari X. G. Kondorkanki (taxm. 1740 — 81) Tupak Amaru nomini olgan.