TUYDUK

TUYDUK — turkman xalq puflama musiqa cholgʻusi. 3 ta turi mavjud. Gargi Tuyduk (qargʻa — qad. turkiycha — qargʻalash, insjinslarni haydash soʻzidan) — toʻgʻri ushlab chalinadigan nay. Qozoq sibizgʻasi, boshqird qu ray iga yaqin. Qamishning maxsus turidan ishlanadi. Uz. 750—800 mm, diametri — 1820 mm. Tovushi kuchli emas, oʻziga xos xiraroq tusga ega; asosiy tovush bilan birga qoʻshimcha shipillaydigan tovush eshitiladi. Oldingi davrlarda tabobat (davolash), jodu marosimlarida keng qoʻllanilgan (nomi shundan).

Hozirda muayyan mavzuli kuylar, afsona va doston kuylari ijro etiladi. Dilli Tuyduk (tilchali Tuyduk) — tilchali nay. Uz. 160 mm atrofida, diametri — 68 mm. 3—4 ta teshigi mavjud. Oʻtkir va pingʻillagan ovozga ega. Xalq qoʻshiqlari, oddiy kuylar ijro etiladi. Goshadilli Tuyduk (qoʻshaloq tilchali Tuyduk) — oʻzbek qoʻshnayiga yaqin.