TUGANAK

TUGANAK (tuber) — oʻsimlik ildizpoyasining yer ostidagi yoʻgʻonlashgan qismi. Tuganakning bargi reduksiyalangan (juda mayda), tez toʻkiladigan qipiq (tangacha)li; barg qoʻltigʻidan chiqadigan kurtaklari koʻzchalar deb ataladi. Koʻpincha, ildizning yoʻgʻonlashgan qismi ildiz T. deb yuritiladi (kartoshkagul). T. da oziq moddalar, koʻpincha, kraxmal va uglevodlar, baʼzan, moy toʻplanadi. Tuganagi isteʼmol qilinadigan yoki sanoatda ishlatiladigan oʻsimliklar (kartoshka, topinambur, batat va b.) tuganak mevalilar deyiladi.