TROMBOZ

TROMBOZ — tirik organizmda tomir ichida paydo boʻladigan qon laxtasi (tromb), eritrotsit, trombotsitlar va fibrindan iborat laxta tomir devoriga yopishib, qon oqimiga xalaqit beradi. Tomirlar devorining shikastlanishi (aterosklerozda, yalliglanishda), qon oqishining sekinlashuvi, qonning yopishqoqligi va ivishining kuchayishi Trombozga sabab boʻladi. Periferik venalar T. i (q. Tromboflebit) koʻp uchraydi. Arteriya Trombozi qon oqimiga toʻsqinlik qilishi sababli qon bilan taʼminlanuvchi organlarda ishemiya va infarkt (mas., miokard infarkta), yurak boʻshliklari va venalar Trombozi esa tromboemboliya xreil kilishi bilan xavflidir.