TRAFARET

TRAFARET — naqsh, harf, son, topografik belgilar, mashina va kurilmalarning shartli grafik belgilari va b. andazasi; rangdor tasvir yoki naqshni shakllantirishda uning u yoki bu qismini koʻp marotaba takrorlanishiga moʻljallangan moslama; axta. T. oʻziga xos teshiklari boʻlgan metall, yogʻoch karton, plastmassa va b. plastina boʻlib, shu teshikchalar orqali naqsh yoki tasvir bezatiladigan sirt (yuza)ga boʻyoklar va b. surtib tushiriladi. Badiiy kashtadoʻzlik, toʻqimachilik va qogʻoz ishlab chiqarish. da, baʼzan kulollik buyumlarini trafaret bosma usulida bezashda keng qoʻllanadi. Chizmachilik — grafika, boʻyoqchilik va b. ishlarda takroriy rasmlar yoki murakkab shakllar qosil qilishda ham ishlatiladi.