TOHIRXON

TOHIRXON (taxm. 1533-y. vafot etgan) — Joʻjixon avlodidan boʻlgan Katta juz xoni. Adik sultonning oʻgʻli, Jonibeknpng nabirasi. Tohirxon hokimiyati turli davrlarda Markaziy Qozogʻiston, Yettisuv, Qirgʻiziston, Ili oʻlkasiga qadar yoyilgan. 1524-y. T. mangʻitlar tomonidan Dashti Qipchoqsan siqib chiqarilgan, oʻz navbatida, Yettisuv va Qirgʻizistondan moʻgʻullarni quvib yuborgan. 1526-y. T. ning markaziy hokimiyatni mustahkamlash yoʻlidagi siyosatidan norozi boʻlgan qozoqlar qoʻzgʻolon koʻtarib uni tark etganlar. Tohirxon qirgʻizlar bilan qolgan va Qirgʻizistonda qalmoklarga qarshi Jatan qalʼasini qurdirgan. 1529-y. uning hukmronligi ostida yana 20—30 ming qozoq boʻlgan. Tohirxonning vorisi 1533-y. da manbalarda qayd etilgan Buydashxon boʻlgan.

Ad.: Materialы po istorii kazaxskix xanstv XVXVIII vv., AlmaAta, 1969.